📚 Siz quyidagi sanadagi tarixiy arxivni koʻryapsiz: 15.08.2026
Assalomu alaykum hamwatanlar! Cobalt (2020) mashinamga metan (CNG) gaz balon qo'ydirgan edim, lekin oxirgi paytlarda Toshkentning jazirama issig'ida mator qizib ketadigan bo'ldi. Ayniqsa zapravkadagi uzun o'chirlardan keyin yurishda gazga o'tganda mator silkinib o'chyapti. Gaz injektorlari tozalanishi kerakmi yoki muammo reduktordami? Sergelidagi qaysi usta kompyuter diagnostikasini aldamasdan yaxshi qilib beradi?